A-373 M-39 “Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining 243,7.(166,7).kmda (Namangan viloyati Pop tumani hududi) vodiy yo`nalishi bo`yicha yo`lning o`ng tomonida 80 m balandlikda mavsumiy yog`ingarchiliklar natijasida uzunligi 40 m ga teng ko`chki yorig`i paydo bo`lgan.
Shu bois, avtoulovlar harakatlanishining xavfsizligini ta`minlash maqsadida, avtomobil yo`lining 243,5 - 243,8 km va 229,7 - 230 km oraliqlarida O`sh yo`nalishidagi yarmida avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklatilib, Toshkent yo`nalishidagi yarmi orqali ikki tomonlama harakat amalga oshirilmoqda.
Ushbu hududda xavf bartaraf etilmagunga qadar FVV, IIV YPX, “Qamchiqavtoyo`l” xodimlaridan iborat tunu-kun navbatchilik tashkil qilindi.
“Qamchiq” davoni orqali harakatlanganda e`tiborga olishingizni va xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni so`raymiz.
A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 153 (230) km da er ko`chkisi bilan bog`liq sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida “Qamchiqavtoyo`l” IYFK xodimlari bilan hamkorlikda xavfsizlik choralarini ko`rgan holda “Diqqat tuproq ko`chish xavfi bor”, “To`xtash mumkin emas” va “To`xtab turish ta`qiqlanadi” yo`l belgilari o`rnatildi hamda xavfsizlik nuqtai nazardan ikki tomonlama harakat yo`lning bir tomoniga o`tkazildi.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.






