AsosiyDunyo

​Somali qaroqchilari bilan bo`lgan jang videoga olindi (Video)

'​Somali qaroqchilari bilan bo`lgan jang videoga olindi (Video)'ning rasmi

YouTube da paydo bo`lgan Somali qaroqchilari va Amerika yuk kemasi xususiy qo`riqchilari o`rtasida bo`lgan jang kadrlarini o`n milliondan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi, deb xabar berdi tengrinews.kz nashri.

Video jangga guvoh bo`lgan odam tomonidan suratga olingan. Ochiq dengizda suzayotgan kemani ikkita qayiqda bo`lgan qaroqchilar qo`lga olishga harakat qildi. Ammo ular kemaga yaqinlashib, o`q yomg`iri ostida qolgach, chuchvarani xom sanaganliklarini tushundi. Ba`zi OAVlarning ma`lumot berishicha, mazkur voqea 2012 yilda Hind okeanida suratga olinganiga qaramay, ommaga endi oshkor etilgan.


Boshqa yangiliklar