2017 yilning 25 aprel kuni Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog`li rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi.
Tashrif doirasida Vazir Mavlut Chavushog`lining O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Dasturda Turkiya delegasiyasining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, tashqi ishlar va tashqi savdo vazirliklarida ham muzokaralar o`tkazishi belgilangan.






