AsosiyDunyo
5523

​69 yoshli ayol shifokorlar uni operasiya qilgunga qadar internet orqali muloqot qildi

'​69 yoshli ayol shifokorlar uni operasiya qilgunga qadar internet orqali muloqot qildi'ning rasmi

Xitoylik 69 ayol uni shifokorlar operasiya qilayotgan paytda ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotda bo`ldi, operasiyada ishtirok etayotgan vrachlarni suratga oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ma`lum bo`lishicha, mahalliy anesteziya orqali operasiyani amalga oshirgan jarroh bemor ayolning kamroq asabiylashishi uchun operasiya xonasiga smartfon olib kirishiga ruxsat bergan. Aslida bemorlarga operasiya xonasiga smartfon olib kirish taqiqlanadi, ammo bu safar doktor Chju ayolni bu taqiqdan istisno qildi. U bemor ayolning oyog`idagi varikoz tomirlarni operasiya qildi.

“Bemor ayol qattiq hayajonlanayotganini ko`rib, uni tinchlantirish maqsadida, operasiyani muvaffaqiyatli ravishda o`tkazish uchun operasiyaga smartfon olib kirishga ruxsat berdim”, deb o`z harakatini izohladi doktor Chju. 18 daqiqa davom etgan operasiya jarayonida bemor ayol uni operasiya qilayotgan vrachlarni esdalik uchun suratga tushirdi, WeChat ijtimoiy tarmog`ida yaqinlari, do`stlari bilan muloqot qildi. “Men o`zimni juda xotirjam his qildim, umuman asabiylashmadim”, dedi bemor ayol Xitoy nashrlaridan biriga bergan intervyusida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar