Amerikaning Arkanzas shtatida o`limga jazosiga mahkum etilgan ikki mahbus bir kunda qatl etildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Mahbuslar Jeku Jonsu va Marsel Uilyamsga o`limga olib keluvchi in`eksiya qilindi.
Agentlikning xabar berishicha, AQSh da oxirgi marotaba 2000 yilda bir kunda ikki mahbusga nisbatan berilgan o`lim jazosi amalga oshirilgan edi. Arkanzas shtatida esa bunday voqea 1999 yilda ro`y bergan edi.
Dunyo bo`yicha 2016 yilda o`lim jazosi 2015 yilga nisbatan 37 % ga kamaygan.