Keyingi kunlarda bir qator internet nashrlarda O`zbekiston tijorat banklarida import shartnomalari bo`yicha va etkazib berilgan tovarlar uchun to`lovlarni amalga oshirish operasiyalari to`xtatib qo`yilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Markaziy bank ma`lum qiladiki, import bo`yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo`yicha shartnomalar to`lovlari o`z vaqtida va to`la hajmda amalga oshirilmoqda va ularning to`xtatib qo`yilgani haqidagi gap-so`zlar mutlaqo asossizdir.
Ta`kidlash lozimki, mamlakat tijorat banklari o`z mijozlarining xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishiga bundan keyin ham uzluksiz ko`mak berib boradi.