1

​Ko`p xonadonli uy-joy fondining texnik holatining yaxshilash maqsadida 1,8 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi

Jamiyat 26.04.2017, 09:46
Teglar: Qaror, Prezident
​Ko`p xonadonli uy-joy fondining texnik holatining yaxshilash maqsadida 1,8 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi

2017-2021 yillarda ko`p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Qaror ko`p xonadonli uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan oqilona foydalanish, ta`mirlash-tiklash ishlarini belgilangan muddatlarda olib borish, shuningdek, ko`p xonadonli uylarga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qarorda ko`p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini tashkil etishning asosiy yo`nalishlari belgilangan bo`lib, ular quyidagilarni nazarda tutadi:

aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ko`p xonadonli uylarda joylashgan xonadonlardagi muhandislik-kommunikasiya tizimi va umumiy tarzda foydalaniladigan infratuzilmalarni o`z vaqtida va sifatli ta`mirlash, shuningdek, ko`p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, u erlarda bolalar va sport maydonchalarini barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko`rsatish bozorini rivojlantirish imkonini beradigan uy-joy kommunal xo`jaligini boshqarishning ta`sirchan vertikal tizimini yaratish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uy-joy kommunal soha tashkilotlari, xususan, ta`mirlash-tiklash xizmatlarining moddiy-texnik bazasini yaratish va mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali mutaxassislar bilan ta`minlash.

Qarorga muvofiq, 2017-2021 yillarda ko`p xonadonli uy-joy fondini ta`mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi tasdiqlandi. Ushbu Dasturda ko`p xonadonli uy-joy fondining umumiy tarzda foydalaniladigan infratuzilmalarini kapital va joriy ta`mirlash, hududlarni obodonlashtirish, lift uskunalarini ta`mirlash va almashtirish, shuningdek, ko`p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta`mirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar belgilandi.

Qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o`z mablag`lari, tijorat banklari kreditlari, Qoraqalpog`iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablag`lari, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari, shuningdek, lizing hisobidan 1,8 trillion so`m mablag` yo`naltirish ko`zda tutilmoqda.

Qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari – «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklandi.

Qarorning to`liq matni bilan O`zAda tanishish mumkin.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1