AsosiyDunyo

​Livanlik ayollar noroziliklarni bildirish uchun Bayrut qirg`oqlariga nikoh liboslarini ildi (Video)

'​Livanlik ayollar noroziliklarni bildirish uchun Bayrut qirg`oqlariga nikoh liboslarini ildi (Video)'ning rasmi

Ular o`zlarining bu harakati bilan zo`ravonning o`z qurboniga uylansa jazodan ozod etilishi to`g`risidagi amaldagi qonundan noroziliklarini namoyish etishdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Livanlik faol ayollar poytaxt qirg`oqlariga 31 ta kelinning to`y libosini ilishdi. Ularning aytishicha, mazkur ko`ylaklar jinoyatchining zo`ravonligi tufayli uning rafiqasiga aylanayotgan qizlar timsolidir.

Livanning Jinoyat kodeksidagi 522-moddasi 1940 yilda qabul qilingan. Mazkur moddaga asosan zo`ravonlik qilgan erkak 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi, agarda u o`zi zo`rlagan qizga uylansa, jazodan ozod etiladi.

2016 yilning dekabr oyida faollar kelin libosida qon tomizilgan ro`mollar bilan ko`zlarini bog`lab, mamlakatda ayollar haq-huquqini poymol etuvchi mazkur qonunni bekor qilishni talab etishgan edi.

2017 yilning fevral oyida Livan parlament qo`mitasi yuqoridagi moddani bekor qilishga ovoz berdi, may oyida esa barcha deputatalar ishtirokida yakuniy ovoz berish rejalashtirildi.


Boshqa yangiliklar