Amerikalik mashhur aktyor Nikolas Keyj Bolgariyada suratga olinayotgan film s`yomkasi jarayonida tan jarohati oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Sofiyada bo`lib o`tgan s`yomkada aktyor murakkab tryukni bajarayotgan paytda oyog`i sindi. Nikolas Keyjga mahalliy klinikalardan birida tibbiy yordam ko`rsatildi. U AQShda davolanishni ma`qul ko`rib, oyog`ini operasiya qildirish uchun Los-Anjelesga jo`nadi.
Nikolas Keyj Bolgariyada suratga olinayotgan “211” filmida polisiyachi rolini ijro etayotgan, bu erda uch hafta bo`lishni rejalashtirgan edi.