​Braziliyalik yigit plastik jarrohlik yordamida millatini o`zgartirib, koreysga aylandi (Foto)

Dunyo 26.04.2017, 14:21
Teglar: Foto, Erkak, Jarrohlik
​Braziliyalik yigit plastik jarrohlik yordamida millatini o`zgartirib, koreysga aylandi (Foto)

Har doim inson o`zligini yo`qotmasligi lozimligi ta`kidlansa-da, ba`zi bir odamlar kimlargadir o`xshashga, birovning qiyofasiga kirishga harakat qiladi, deb xabar berdi Obaldenno.com nashri.

Million dollarlab daromad keltiruvchi plastik jarrohlik sanoati ham aynan shu maqsad uchun xizmat qiladi. Brziliyalik yigit uzoq o`ylangandan keyin millatini o`zgartirib, koreysga aylanishga qaror qildi. So`nggi 8-10 yil davomida Janubiy Koreya o`zining madaniyati, turistik salohiyati, sentimental kinoseriallari bilan yoshlarni o`ziga jalb etdi va ularni “koreys” millatining muxlisiga aylantirib qo`ydi. Kimgadir yoki nimagadir mehr qo`yishning yomon tomoni yo`q, ammo hamma narsada ham me`yor bo`lishi lozim. Braziliyalik talaba yigit 3 ming dollar evaziga 10 marotaba plastik jarrohlik operasiyasini boshdan kechirib, moviy ko`zli, mallasoch yigitdan, moda jurnallari muqovasida surati chop etiladigan koreys yigitga aylandi, qo`ydi. U o`zini koreys pop yulduzi sharafiga Xiahn, deb atadi. 2014 yilda ilk marotaba o`tkazilgan jarrohlik operasiyasidan beri Xiahn tanib bo`lmas darajada o`zgardi. U hozirgi kunda turli fotosessiyalarda ishtirok etmoqda. “Qilgan ishimdan sira ham afsuslanmayman, ammo boshqa plastik jarrohlik operasiyasi o`tkazish niyatim yo`q”, -dedi braziliyalik “koreys” yigit jurnalistlarga bergan intervyusida.






Sharhlar

Birinchi qor og`ushidagi Toshkent (fotoreportaj)

05.12.2022, 20:26

"O`zgidromet" bashorat qilganidek, O`zbekistonga qish 1 dekabrdan kirib keldi. Dam olish kunlari respublikada havo harorati keskin tushib, Nukusda -17 darajani, kuni kecha Navoiy viloyatida esa...
“O`qish davrimda onam meni deb hech qachon maoshini qo`liga olmagan”. Rishtonlik Dostonbek Siddiqov qanday qilib Vetnamda “Yil o`qituvchisi” bo`lgani haqida

27.07.2022, 10:44

Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog`ida rishtonlik yigitning Vetnamda yil o`qituvchisi bo`lgani haqida xushxabar tarqaldi. Tabiiyki, vatandoshimizni nafaqat tanigan, balki shaxsan tanimagan yuzlab odamlar tabriklashdi, havas qilishdi,...
Afsonaviy Qiz minorasi, eng mitti kitoblar muzeyi, mashhur “Brilliant qo`l” filmi... Bokuning Icheri Sheheri sayyohlarni nimasi bilan o`ziga jalb etmoqda? (fotosayohat)

21.06.2022, 23:03

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarbayjon davlat turizm agentligi hamkorligida tashkil etilgan info-tur munosabati bilan bir guruh o`zbekistonlik jurnalistlar Ozarbayjonning madaniyati,...
darakchi.uz sayti bosh muharriri Farida Egamberdiev “Oltin qalam” mukofoti g`olibi!

04.05.2022, 18:07

Ayni paytda “Turkiston” san`at saroyida  3 may – Jahon matbuoti  erkinligi kuni munosabati bilan ta`sis  etilgan  jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti xalqaro tanloviningg`olib ...