AsosiyDunyo

​Kievdagi bolalar bog`chasidan birida portlash sodir bo`ldi

'​Kievdagi bolalar bog`chasidan birida portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Ukraina poytaxtidagi bolalar bog`chasidan birida portlash yuz berdi, jabrlanganlar yo`q, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Ukraina polisiyasi bergan ma`lumotga ko`ra, bog`chadagi bolalardan biri yo`lda yotgan noma`lum jismni qo`lga olib ko`rdi va erga uloqtirganda portlash yuz berdi. Baxtli tasodif tufayli hech kim jabrlanmadi.

Kiev polisiyachisi matbuot kotibi Oksana Blishik o`zining Facebook sahifasida portlash mahalliy vaqt bilan soat 9 da ro`y berganini ma`lum qildi.

“Bog`chadagi bolalardan biri erda yotgan sharni olib tomosha qilgan, uni erga tashlaganda portlash sodir bo`lgan”, deb yozdi Oksana Blishik. Portlash oqibatida asfalt o`pirilgan, hech kim jabrlanmagan. Bola bilan psixologlar shug`ullanmoqda, polisiyachilar voqea joyini tekshirmoqda.

Boshqa yangiliklar