AsosiyDunyo

​Misrda sayyohlar uchun elektron viza joriy etildi

'​Misrda sayyohlar uchun elektron viza joriy etildi'ning rasmi

Misr hukumati chet ellik sayyohlar uchun elektron vizani joriy etdi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

Mazkur hujjat 1 iyundan kuchga kiradi. Sayyohlar viza olish uchun elektron shaklni to`ldirishadi. Shundan keyin hukumat tomonidan tasdiqlangan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatning nusxasi elektron pochta orqali jo`natiladi.

Misr turizm vaziri Muhammad Yahyo Rashidning so`zlariga qaraganda, yangi qonun-qoidalar sayyohlarga dunyoning boshqa bir nuqtasidan turib, elektron viza olish imkoniyatini yaratadi. Elektron vizalar Misr aeroportidagi nazoratdan o`tish jarayonini ham engillashtiradi, shu bilan birga mamlakatga sayyohatga keluvchilarning ko`payishiga ham sabab bo`ladi. Bu yil sayyohatchilarning soni 10 millionga yaqin bo`lishi ko`zda tutildi. “Elektron vizalarning joriy eitilishi xavfsizlik kuchlarining ishlarini osonlashtiriadi”, deb ta`kidladi Muhammad Yahyo Rashid.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar