AsosiyDunyo

​Fransiyada “Makdonalds” restoranida portlash bo`ldi

'​Fransiyada “Makdonalds” restoranida portlash bo`ldi'ning rasmi

Kecha Fransiyaning sharqida joylashgan Grenobl shahridagi “Makdonalds” tarmog`idagi restoranlardan biri portladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mahalliy matbuot bergan ma`lumotga ko`ra, voqea Egl tumanida joylashgan restoranda ro`y berdi. Taxminlarga ko`ra, portlash epimarkazi restoran hojatxonasi bo`ldi. Portlash oqibatida chiqqan yong`in tezda o`chirildi. Qurbon bo`lganlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma`lumot yo`q.

Hodisa yuz bergan joyda polisiya va qutqaruvchilarning bir necha brigadasi etib keldi. “Makdonalds” restorani joylashgan ko`cha yopilib, polisiyachilar tomonidan o`rab olindi. Portlash ongli ravishda amalga oshirilgani aniqlandi.

Boshqa yangiliklar