AsosiyJamiyat

​Toshkentdagi yirik mebel sexlardan biri yonib ketdi

'​Toshkentdagi yirik mebel sexlardan biri yonib ketdi'ning rasmi

26 aprel kuni soat 11:33 da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Toshkent shahar Olmazor tumani “Tatarskiy povorot” va “Chuqursoy” ko`chalari kesishuvida joylashgan “Black Door” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi yonayotganligi haqida xabar kelib tushdi.

Ko`rsatilgan manzilga soat 11:43 da 4 ta jangovar yong`in o`chirish bo`linmalari yong`in sodir bo`lgan manzilga etib bordi.

Yong`in hududi ochiq alanga bilan yonayotgani ma`lum bo`lgan.

Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, yong`in katta maydonga tarqalganligi inobatga olinib, qo`shimcha ravishda yana 5 ta, jami bo`lib 9 ta jangovar yong`in o`chirish bo`linmalari yuborildi.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida yong`in soat 12:24 da to`liq bartaraf etildi.

Yong`in oqibatida “Black Door” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi va jihozlari jami bo`lib 300 kv.metr maydon yonib ketgan.

Ayni damda yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar