AsosiyDunyo

​Rossiyaning “Liman” tadqiqot kemasi Qora dengizda boshqa kema bilan to`qnashdi

'​Rossiyaning “Liman” tadqiqot kemasi Qora dengizda boshqa kema bilan to`qnashdi'ning rasmi

Rossiya Qora dengiz flotiga tegishli “Liman” nomli tadqiqot kemasi Bosfordan 40 kilometr uzoqlikda boshqa kema bilan to`qnashdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Hodisa oqibatida ekipaj a`zolari jabrlanmadi. Voqea payshanba kuni choshgohda yuz berdi. “Liman” hozirda kimga tegishli ekanligi aniqlanayotgan “Ashot-7” kemasi bilan to`qnashib, o`ng bortini shikastladi. Halokat yuz bergan joyga Qora dengiz flotiga tegishli navbatchi kemalar va An-26 samolyotida qutqaruvchilar guruhi etib keldi.

Boshqa yangiliklar