AsosiyJamiyat

Toshkentda ​ishga olish uchun pora talab qilgan XUJMSh rahbarlari qo`lga olindi

'Toshkentda ​ishga olish uchun pora talab qilgan XUJMSh rahbarlari qo`lga olindi'ning rasmi

2017 yil 21 aprel kuni Toshkent shahar IIBB JQvaTQKBga 1969 yil Toshkent shahrida tug`ilgan vaqtincha ishsiz fuqaro Shayxontoxur tumanidagi mahallalardan birida faoliyat ko`rsatayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari ustidan ariza bilan murojaat qilib, ilova tarzida suhbatlar yozilgan SD diskni taqdim qilgan.

Ma`lum bo`lishicha, ancha yil dekret ta`tilida bo`lgan ish so`rab borgan ayolga shirkat raisi hozirda hattoki kommunal xizmat ko`rsatish sohasida mutaxassislar ham bo`sh ish o`rinlarini so`rab kelayotganliklarini vaj qilib, ishga qabul qilish uchun 200 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

Ariza yuzasidan shu kuni soat 17:00 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Markaz-14, 9-uy oldida o`tkazilgan tadbir vaqtida, XUJMSh raisi bo`lgan ayol 200 AQSh dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Shayhontohur tuman prokuraturasiga topshirildi.

Yana bir shunday holat Yunusobod tumanida joylashgan XUJMShlardan birida ham sodir bo`ldi. 1985 yilda tug`ilgan mart oyida jazoni ijro etish muassasasidan 30% miqdorda daromaddan davlat foydasiga undirish sharti bilan “axloq tuzatish ishlari” jazosi orqali ozodlikka chiqqan fuqarodan shirkat raisi huddi shu vajlarni keltirib, istisno tariqasida arizachining sharoitini inobatga olib ishga qabul qilishini va evaziga birlamchi 100 AQSh dollari miqdorida, keyinchalik har oy yakuni bo`yicha qo`shimcha ravishda ma`lum miqdorda pul berishini ma`lum qilgan va bo`lib o`tgan suxbat yozilgan diskni taqdim qilgan.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlarga asosan O`zR JPKning 224-moddasi bilan qo`lga olindi. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar