“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 9 may – “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “9 may” aksiyasiga start berilgan edi. Ayni kunlarda mazkur aksiya joylarda katta shijoat bilan tashkil etilmoqda, deb xabar beradi “Kamolot” rasmiy sayti.
Bu borada #XotiraUz xeshtegini dunyo trendiga olib chiqish maqsadida yurtimizning taniqli san`atkorlari ham o`z hissalarini qo`shishni va yoshlarga aksiyada yanada faol ishtirok etishlari uchun chorlov yo`llamoqda.