AsosiyJamiyat

​“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJning virtual qabulxonasi ochildi

'​“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJning virtual qabulxonasi ochildi'ning rasmi

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktorining virtual qabulxonasi ish boshladi.

Virtual qabulxona “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta`minlash hamda yo`lovchilarning taklif va mulohazalarini o`rganish, xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati xabar berdi.

Endilikda fuqarolar o`z taklif va mulohazalari bilan uzrailpass.uz sayti orqali murojaatlarni to`g`ridan-to`g`ri yuborishlari yoki (+998 71) 299-94-50 ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilishlari mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar