Xabarovsk o`lkasining Amur tumanida ichida ikki kishi bo`lgan avtomobil ko`prik ustidan ko`lga quladi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
“Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Padalinsk ko`liga Honda avtomobili tushib ketgan. Hodisa yuz bergan paytda mashina salonida ikki kishi bo`lgan. Ayni paytda ularning shaxsi aniqlanmoqda, — deb xabar berdi hududiy FVV.
Qutqaruvchilar va g`avvoslar guruhi ko`lni tekshiruvdan o`tkazganiga qaramay, mashina ichida bo`lgan odamlar topilmadi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.