AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti Almazbek Atambaevga hamdardlik bildirdi

'​Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti Almazbek Atambaevga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 aprel kuni O`sh viloyati O`zgan tumanida sodir bo`lgan ko`chki oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Qirg`iziston rahbari Almazbek Atambaevga hamdardlik bildirdi.

“Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti

Almazbek Atambaev Janobi Oliylariga

Muhtaram Almazbek Sharshenovich!

O`sh viloyati O`zgan tumanida 2017 yil 29 aprel kuni sodir bo`lgan tuproq ko`chkisi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani haqidagi xabarni og`ir qayg`u bilan qabul qildim.

Mening chuqur ta`ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg`iziston xalqiga, jumladan, halok bo`lganlar va jabr ko`rganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman.

Qayg`u bilan,

Shavkat Mirziyoev,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Boshqa yangiliklar