AsosiyJamiyat

​“O`zstandart” agentligi tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida Prezident qarori imzolandi

'​“O`zstandart” agentligi tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida Prezident qarori imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori imzolandi.

Qarorni to`liq matni va sharhi O`zAda keltirildi.

Qaror Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, O`zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, “O`zstandart” agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida imzolandi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yo`nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta`minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo`naltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta`minlashda ularning samaradorligini oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub`ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditasiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Qarorda O`zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to`g`risida”, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida” va “Metrologiya to`g`risida”gi qonunlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun sertifikatlashtirish hamda standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

Tadbirkorlik sub`ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bo`lgan mahsulotlar ro`yxati keskin qisqartirildi. Eksportga yo`naltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, o`lchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini lisenziyalash jarayoni bekor qilindi.

Sertifikatlashtirish va standartlashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo`llash me`yorlari bekor qilinib, mansabdor shaxslarning ma`muriy javobgarligi kuchaytirildi. Shuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qilish hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga o`tkazildi.

Boshqa yangiliklar