Janubiy Koreyaning Kodze portida ikki kranning to`qnashuvi natijasida ulardan biri qulab, besh kishining hayotiga zomin bo`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Koreyaning “Ryonxap” agentligi bergan xabarga ko`ra, voqea oqibatida olti kishi jiddiy o`n to`rt kishi engil jarohat oldi. Jabrlanganlar yaqin oradagi kasalxonalarga yotqizildi. Voqea Samsung Heavy Industries verfida sodir bo`ldi. Kompaniya xodimining so`zlariga qaraganda bu so`nggi bir necha yil davomida ro`y bergan eng yirik favqulodda hodisadir. Voqeaga oydinlik kiritilmoqda, jabrlanganlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda.
(LEAD) 5 killed, 20 injured in crane accident at shipyard https://t.co/A831PXGe7W
— Yonhap News Agency (@YonhapNews) 1 maya 2017 g.






