AsosiyJamiyat

​Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Ichki ishlar vaziri ishtirok etmoqda

'​Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Ichki ishlar vaziri ishtirok etmoqda'ning rasmi

Bugun, 2 may kuni poytaxtda tashkil etilgan Xalqaro press klubning “Ichki ishlar tizimidagi islohotlar: xalq bilan muloqot” mavzuidagi navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilangan Harakatlar strategiyasida 2017-2021 yillarga mo`ljallangan muhim islohotlar va ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha vazifalar ijrosini ta`minlashga oid masalalar bahs munozaralar markazida bo`ldi.

Sessiyada O`zbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Abdumavlyanovich Azizov, IIV YHXBB boshlig`i, polkovnik Xolmatjon Ahmedovich Saidaliev, IIV Toshkent shahar HOOBB boshlig`i, podpolkovnik Dilshod Baxtiyarovich Akramov va vazirlikning qator boshqarma va bo`limlari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, Inson huqulari milliy markazi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, qator nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar