AsosiyJamiyat

​Saudiya Arabistonining yangi elchisi Toshkentda ish boshladi

'​Saudiya Arabistonining yangi elchisi Toshkentda ish boshladi'ning rasmi

2017 yilning 2 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xishom bin Mish`al bin Suvaylim al-Suvaylim bilan uchrashdi.

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.

Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida ikki tomon munosabatlarining, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doiralaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko`rib chiqildi.

Turli jabhalardagi O`zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalaridagi ijobiy o`sish sur`atlari mamnuniyat bilan qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy, investision va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar