Xitoyda qarindoshlarining o`rniga odam yollab, to`y qilgan kuyov qo`lga olindi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
To`yga kelgan kelinning qarindoshlari kuyovni hech kim tanimayotganligidan shubhalanishdi, to`yda kuyovning ota-onasi ishtirok etmagach, gumon battar kuchaydi. Keyinchalik mehmonlarning hammasi pulga yollangan taksichilar, talabalar ekanligi ma`lum bo`ldi. Kuyov nima uchun hammani aldagani hozircha noma`lum. Kelinning aytishicha, ular uch yildan beri tanish bo`lib, kuyovning nimaga bunday qilganini tushunmagan. Xitoy OAVlarining yozishicha, kelinning ota-onasi kuyovning qarindoshlarini kambag`allikda ayblagan. Shuning uchun u shunday yo`l tutishga majbur bo`lgan.