AsosiyJamiyat

​Ichki ishlar vaziri Surxondaryodagi bog`chadagi holat yuzasidan aybdorlar o`z jazosini olganini ma`lum qildi

'​Ichki ishlar vaziri Surxondaryodagi bog`chadagi holat yuzasidan aybdorlar o`z jazosini olganini ma`lum qildi'ning rasmi

Bugun “Zo`r TV” telekanali studiyasida xalqaro press klubning “Ichki ishlar tizimidagi islohotlar: xalq bilan muloqot” mavzuida tashkil etilgan navbatdagi sessiyasida Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jurnalist Surxondaryo viloyatining Denov tumanida kunduzi bolalarni ayovsiz jazolaydigan tunda esa fohishaxonaga aylantiriladigan bolalar bog`chasi xodimlari qanday jazoga tortilganligi haqidagi savolga javob berdi.

Ichki ishlar vaziri mazkur holat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgani hamda ular ustidan sud bo`lib, hukm o`qilgani va barcha aybdorlar o`ziga tegishli jazosini olganini ma`lum qildi.

Shuningdek, vazir ayni damda maktabgacha ta`lim muassasalar tarbiyalanuvchilarining hamda maktab o`quvchilarining xavfsizligini ta`minlash bo`yicha keng ko`lamli ishlar olib borilayotganini, deyarli har kuni ichki ishlar idoralari mas`ullari ta`lim dargohlariga tashrif buyurib, xavfsizlik masalalari ta`minlayotganligini ta`kidlab o`tdi. Shuningdek ayni damda maktablarni markaziy qo`riqlash pultlariga ulangani va videokuzatuv kameralari asosida nazoratda ekanligini ham qayd etdi.

Boshqa yangiliklar