AQShda egizak opa-singillar bir kunda, bitta tug`ruqxonada, yonma-yon palatalarda o`g`il farzandli bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
29 aprel kuni Nyu-Jersi shahrida yashovchi 32 yoshli egizaklar Daniel Grant va Kim Eybraxamlar to`rt soatlik farq bilan o`g`il farzandlarni dunyoga keltirdi. Opa-singil bir kunda farzandli bo`lish uchun sun`iy to`lg`oq orqali 22 aprelda bolali bo`lishni rejalashtirishgan edi. Ular bir paytda homilador bo`lishlari tasodifiy hol ekanligini, faqatgina tug`ruq kunini belgilashganini ta`kidlashdi. Opa-singillar bir kunda dunyoga kelgan farzandlariga Roman va Aron deb ism qo`yishdi, ularning tug`ilgan kunini bir kunda nishonlashga, bir xil kiyim kiydirishga kelishib olishdi.