AsosiyDunyo

​Volgogradda bolalar bo`tqadan zaharlanib olamdan o`tdi

'​Volgogradda bolalar bo`tqadan zaharlanib olamdan o`tdi'ning rasmi

Volgograd viloyati tergovchilari ikki nafar bolaning o`limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voljskiy shahridagi uylardan birida ularning jasadi topildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, uyga hasharotlarga qarshi zaharli dori sepilgan. Zaharli dori tushgan sutli bo`tqani nonushtada iste`mol qilgan bir yarim yoshli o`g`il bola va to`rt oylik qizcha olamdan o`tgan. Bolalarning onasi ularni ovqatlantirib bo`lgach, uxlashga yotqizgan, ular uyqudan uyg`onmagandan keyin vafot etgani ma`lum bo`lgan.

Voqea joyini ko`zdan kechirgan tergovchilar elektr konforka va yog`och tumbochka ustidan, qoshiq va idishlardan, bolalar shishachalaridan ham noma`lum modda kukunini topishdi. Bolalarning jasadi tekshirish uchun sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborildi.

Boshqa yangiliklar