AsosiyDunyo

​Donald Tramp qomati buzilmasligi uchun Melaniyaga farzand ko`rishni taqiqlagan

'​Donald Tramp qomati buzilmasligi uchun Melaniyaga farzand ko`rishni taqiqlagan'ning rasmi

Amerika ommaviy axborot vositalarining aksariyat qismi AQSh prezidenti Donald Tramp va Melaniya o`rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligi haqida yozadi, deb xabar berdi Pomada.cc.

Masalan, OAVlardagi so`nggi xabarga ko`ra, Trampning rafiqasi Melaniya homilador bo`lgan vaqtda tug`ruqdan keyin qomatini tezda tiklashi zarurligi to`g`risidagi shartga rozi bo`lganidan keyingina Donald uning tug`ishiga ruxsat bergan. Melaniya o`g`liga homilador bo`lgan vaqtda 35 yoshda bo`lgan. Tramp bu yoshni farzand ko`rish uchun juda kech deb hisoblab, rafiqasini semirib ketish xavfidan ogohlantirgan va Melaniyaning vaznini saqlab qolishi haqida shartnoma tuzishga ko`ndirgan.

Hozirda ularning o`g`li Berron 11 yoshga to`ldi. Melaniyaning qomati ham juda chiroyliligiga qaraganda, shartnoma hali o`z kuchini yo`qotmagan ko`rinadi. Boshqa manbalar esa, Donald rafiqasi bilan bunday shartnoma tuzishi mumkin emasligini, u rafiqasini juda yaxshi ko`rishini, oilasida yana bir farzandning tug`ilishi uni xursand qilganligini haqida yozdi.

Eslatib o`tamiz, Donald va Melaniya Tramp 2005 yilda turmush qurdi va oradan bir yil o`tib, Berron dunyoga keldi. U Donald uchun beshinchi, Melaniya uchun birinchi farzand bo`ldi.

Boshqa yangiliklar