AsosiyDunyo

​6 metrli quduqqa tushib ketgan 2 yoshli qizcha qutqarildi

'​6 metrli quduqqa tushib ketgan 2 yoshli qizcha qutqarildi'ning rasmi

Xitoyda 6 metrli kanalizasiya qudug`iga tasodifan tushib ketgan 2 yoshli qizaloq qutqarildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea Xitoyning Xenan viloyatida sodir bo`ldi. 2 yoshli qizcha qurilish maydonchasining yonidagi kanalizasiya qudug`iga tasodifan tushib ketgan.

Hodisa yuz bergan joyga etib kelgan qutqaruvchilar bir soat mobaynida quduq atrofida xandaq qazib uni seksiyalarga bo`ldi va qizchani sog`-omon qutqarishga muvaffaq bo`ldi. Quduq diametri 36 santimetr bo`lganligi vaziyatni og`irlashtirdi, bunday holda qizcha havo etishmasligidan halok bo`lishi mumkin edi. Buning oldini olish maqsadida u qo`shimcha kislorod bilan ta`minlandi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 2011 yildan beri Xitoyda qarovsiz quduqlarga tushib ketish oqibatida 35 nafar bola halok bo`lgan. Aksariyat ko`ngilsiz voqealar Xenan viloyatida sodir bo`lgan.


Boshqa yangiliklar