AsosiyJamiyat

​Samarqandlik fuqaro o`z uyida yong`in chiqishi oqibatida halok bo`ldi

'​Samarqandlik fuqaro o`z uyida yong`in chiqishi oqibatida halok bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi o`tgan haftada sodir bo`lgan yong`inlar to`g`risida axborot berdi.

Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida yashovchi fuqaro B.Xoshimovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 60 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Samarqand shahrida yashagan fuqaro M.Valentinovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 40 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`inni o`chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Toshkent shahar Olmazor tumani Chuqursoy ko`chasida joylashgan «Black Door» MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`lib, 300 kv. metr maydonda jihozlar yong`indan zararlangan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar