Superog`ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagaev O`zbekistonga tashrif buyurdi.
Instagram`dagi MMA_Uzbekistan sahifasi superog`ir vaznli bokschi Ruslan Chagaevning O`zbekistonda olingan suratini joylashtirdi, deb yozadi “Olamsport”.
Bokschi poytaxtimizda davom etayotgan boks bo`yicha Osiyo chempionatiga ham tashrif buyurdi. Ayni paytda u o`zi tug`ilib o`sgan Andijon shahrida bo`lib turibdi.
Ruslan Chagaevning ayni paytda nima maqsadda Toshkentga tashrif buyurgani noma`lum.