Rossiyaning Novosibirsk shahar munisipial avariya-qutqaruv xizmati xodimlari mazkur shaharda yashovchi ayolning uyiga kirib olgan zaharli ilonni tutdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Ishdan qaytgan ayol kvartirasida o`rmalab yurgan ilonni ko`rib, qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qildi. Himoya vositalari bilan qurollangan qutqaruvchilar sudralanuvchini paketga solib, hayvonot bog`iga olib ketishdi. Novosibirsk shahar hayvonot bog`i xodimlarining so`zlariga qaraganda, ilon zaharliga o`xshagan. Bu narsa ilonning qaysi turga mansubligi aniqlangandan keyin ma`lum bo`ladi. Ilonning qanday qilib kvartiraga kirib qolgani sirligicha qoldi.