​Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro aeroportiga O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to`g`risidagi Qarorni imzoladi

Jamiyat 04.05.2017, 15:58
Teglar: Aeroport, Toshkent, Islom Karimov, Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro aeroportiga O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to`g`risidagi Qarorni imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to`g`risida qaror imzoladi. Hujjat matni O`zAda e`lon qilindi.

Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli "O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida"gi qarorining bajarilishini ta`minlash hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:

1. "Toshkent" xalqaro aeroporti" davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin.

2. Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining har tomonlama tayyorlanishini va asoslanishini ta`minlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tashkil etilsin.

3. O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi, Davlat bojxona qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta`minlaydigan Kompleks chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin:

rejim-qo`riqlash chora-tadbirlari tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, aeroportda zamonaviy, shu jumladan, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yo`lovchilarning bojxona, chegara va immigrasiya tartibotlaridan o`tish vaqtini qisqartirish;

mavjud tarkibni tanqidiy tahlil qilish hamda bojxona, chegara va immigrasiya xizmatlari, ichki ishlar organlari va aeroportda xizmat ko`rsatish infratuzilmasi xodimlari barcha toifalarini tanlashga nisbatan talabchanlikni oshirish, ular tomonidan xizmat vakolatlarining har qanday tarzda suiiste`mol qilinishining oldini olish va ularga barham berish;

poytaxtga va respublikaga keladigan yo`lovchilar, mehmonlar va xorijiy delegasiyalarga xizmat ko`rsatishning yuqori darajasini ta`minlash, O`zbekistonning bosh havo bandargohida o`zbek xalqiga qadimdan xos bo`lgan samimiy iltifot va mehmondo`stlik muhitini yaratish;

zarur qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutgan holda aeroportning tegishli infratuzilma xizmatlari faoliyati samaradorligini ta`minlash, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish va ularning bagaji bilan ishlashning texnologik jarayonini optimallashtirish;

kuzatib qoluvchilar va kutib oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maxsus ajratilgan hududda avtotransportlar to`xtash joylarini tashkil etish, obodonlashtirish masalalarini kompleks hal etish;

aeroportning barcha xizmatlari faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishning yanada qulay shart-sharoitlarini yaratish uchun ilg`or xorijiy tajribani o`rganish va joriy etish.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri, 2017 yil 4 may

Sharhlar

Toshkentda bolalarni o`g`irlab ketilayotgani haqida video tarqaldi. O`quvchilarni nega mashinaga tiqishmoqchi bo`lishgani ochiqlandi (video)

04.02.2023, 10:15

Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...
Toshkentda "dom" oldida turgan "Captiva" yonib ketdi (video)

01.02.2023, 09:52

Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 20 yoshli askar vafot etdi. Holat bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

17.01.2023, 12:04

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...