1

​BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn O`zbekistonga keladi

Jamiyat 04.05.2017, 16:00
Teglar: BMT
​BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn O`zbekistonga keladi

10-12 may kunlari BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari boshqarmasi delegasiyasi rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tashrifdan ko`zlangan maqsad O`zbekiston bilan BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari boshqarmasi o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan yo`nalishlarda kelgusidagi aloqalarni muhokama etishdan iborat.

Zayd Raad al-Husayn BMTning Inson huquqlari bo`yicha ettinchi oliy komissaridir. U AQShning Jons Xopkins universitetida gumanitar fanlar bakalavri va Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida falsafa doktori darajasini olgan. Diplomatiya sohasida yigirma yillik tajribaga ega.

2014 yilda BMTning Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari etib tayinlangan va ushbu lavozimdagi ilk Osiyo vakilidir. Bungacha Zayd Raad al-Husayn BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilgan. BMT oliy komissari sifatida 24 mamlakatga tashrif buyurgan.

Zayd Raad al-Husayn xalqaro huquq, xalqaro jinoiy sudlov, tinchlikparvarlik operasiyalarini amalga oshirish va yadroviy terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo`yicha mutaxassis hisoblanadi. Xalqaro jinoyat sudini ta`sis etish va uning faoliyatini yo`lga qo`yish, genosid va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar elementlarini aniqlash ishlarida ishtirok etgan. Arab, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Zayd Raad al-Husayn Iroq va Suriyadagi jangovar harakatlar hududlaridagi gumanitar ahvol, shuningdek, Venesuela, Ukraina, G`azo sektori va Afrikaning qator mamlakatlaridagi vaziyat bilan bog`liq masalalarni hal etishni o`zining asosiy vazifalari sifatida belgilagan.

Zayd Raad al-Husayn mamlakatimizga tashrifi davomida ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berishi va tashrif yakunlari bo`yicha Xalqaro press-klubda jurnalistlar oldida chiqish qilishi kutilmoqda.

Sharhlar

BMTning Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari bilan uchrashuv bo`ldi

15.03.2023, 10:55

2023 yil 13 mart kuni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlaribo`yicha Oliy komissari Folker Tyurk bilan uchrashuv bo`ldi. Uchrashuvda O`zbekistonda inson...
BMT Bosh Assambleyasida Ukrainaning hududiy yaxlitligi uchun ovoz berildi

13.10.2022, 12:43

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Moskvadan Ukrainaning Donesk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlarining ayrim viloyatlarining maqomi haqidagi qarorlarni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda BMTning...
Zelenskiy o`zining “tinchlik formulasi”ni e`lon qildi: u 5 banddan iborat

24.09.2022, 09:48

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina BMT Bosh Assambleyasida o`zining “tinchlik formulasini, xalqaro munosabatlarni barqarorlashtirishning o`ziga xos yo`lini” taklif qilganini aytdi va “buni dunyo albatta eshitganiga” ishontirdi....
Lavrov BMT yig`ilishida Ukrainani totalitar fashistlar davlati deb atadi (video)

23.09.2022, 09:40

Rossiya bosh diplomati Sergey Lavrov Ukrainani “nasistlarning totalitar davlati” deb atadi. Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari 22 sentyabr, payshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1