1

​Valijon Shamsiev: “Yana mahallada duv-duv gap”ni avvalgisi bilan taqqoslamasliklarini tavsiya qilaman

Shou-biznes 05.05.2017, 10:52
Teglar: Foto, ​Valijon Shamsiev
​Valijon Shamsiev: “Yana mahallada duv-duv gap”ni avvalgisi bilan taqqoslamasliklarini tavsiya qilaman

Rejissyor Shuhrat Abbosov 6 oy davomida suratga olgan, ssenariysi 5 yil yozilgan “Yana mahallada duv-duv gap” filmi badiiy kengashga topshirildi. Ayni damda kinoijodkorlar hayajon bilan kinopremerani kutishmoqda. Fursatdan foydalanib, filmda o`ziga xos rollardan birini gavdalantirgan aktyor va qiziqchi Valijon Shamsievni suxbatga tortdik.

— Valijon aka, aytingchi filmdagi ishtirok sizda qanday taasurotlar qoldirdi?

— Filmdan olam-olam taasurot oldim. O`z kasbining ustasi bo`lgan rejissyor Shuhrat Abbosov bilan birga ishlash men uchun sharaf bo`ldi.


Ayni damda dublyaj jarayonlari nihoyasiga etdi, film badiiy kengashga taqdim etilgan.

“Yana mahallada duv-duv gap” suratga olinayotganidan xabar topgan chet ellik hamyurtlarimiz ham uni intiqlik bilan kutishayotganini aytishmoqda.

Film suratga olish jarayonidan kelib chiqib bir narsa aytgan bo`lardim, hali kinoijodkorlar, rejissyor va aktyorlar Shuhrat Abbosovdan ko`p narsa o`rganishlari kerak, uning darajasiga chiqishlariga ancha bor. Bu inson suratga olish maydonchasining o`zida jarayondan kelib chiqib obrazni kengaytirar ekan. Bu qobiliyatni boshqa rejissyorlarda kuzatmaganman. Rejissyorlar bir qolip asosida film olsa, Shuhrat Abbosovning ichki olamlarida o`z qolipi bor ekan, yangidan o`ylab, filmni boyitish haqida har daqiqa o`ylar ekan.


Kinokartinani suratga olishdan avval Shuhrat Abbosov aktyorlar jamoasini foto va kinoprobadan o`tkazdi.

Filmdagi men yaratgan obraz asosiylardan emasdi, biroq Shuhrat Abbosovga ijroim yoqdimi, jarayondan kelib chiqib, uni kengaytirdi. Unda men o`z mahallasi haqida film olmoqchi bo`lgan havaskor rejissyor obrazini gavdalantirdim. Bu inson bilan birinchi marta ishladim ijroimdan qoniqqanlari shekilli “avval nega seni kashf qilmaganman ekanman” dedilar. Filmda tuyaqushlar bilan olingan lavha bor. Bilsak, hatto tuyaqush boqadiganlar ham ularni ichiga kirishga qo`rqar ekan, men hech qanday kaskadyorsiz 100 tacha tuyaqushning ichiga kirdim.


—Rejissyorning “Mahallada duv-duv gap” filmi bilan bu film o`rtasida qanday bog`liqlik yoki farq ko`rdingiz?

—“Yana mahallada duv-duv gap” filmni “Mahallada duv-duv gap” bilan solishtirish emas, uni mutlaqo yangi asar deb qabul qilish kerak. Bu bir insonning ikki farzandi deganday gap, har birining o`ziga yarasha harakteri, maqsadi va eng asosiysi o`z davri bor. Ikki film ham Shuhrat Abbosovning mahsuli ikkisining ham o`ziga yarasha yutug`i bor. Bitta narsani aytishim mumkin, juda barakali film bo`ldi.


Bugun mahalla instituti Davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan bir vaqtda filmning mavzusi ham aktual. Unda mahallalardagi mehr-oqibat, an`ana, munosabat, insonlarning harakteri ochib berilgan.

Men tomoshabindan bu filmni u filmga bog`lamasliklarini tavsiya qilaman. Istardimki, filmni ko`rgach bu insonning u asarini qanchalik hurmat qilishsa, bunisini ham shunday qabul qilishsin. Yangi narsaga o`rganish uni qabul qilib singdirish doim ham oson kechmaydi. Shu sababli filmlarni bir-biri bilan taqqoslash ham noto`g`ri.


Filmga ziyoli insonlar kabi baho berishlarini tavsiya qilaman.


Eslatib o`tamiz, kinofilmining asosiy voqealari Farg`ona viloyati (Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlari, Rishton, O`zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida suratga olingan.

Filmda Dilbar Ikromova, Erkin Bozorov, Sur`at Islomov, Abbos Ibragimov, Husan Sharipov, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To`xtaeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O`ktamova kabi o`nlab xalqimiz suygan ijodkorlar ishtirok etadi.


Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1