AsosiyDunyo
4763

​AQShda darsga film qahramonining libosida kelgan o`quvchi tufayli maktab evakuasiya qilindi

'​AQShda darsga film qahramonining libosida  kelgan  o`quvchi tufayli maktab evakuasiya qilindi'ning rasmi

Amerikaning Viskonson shtatida “Yulduzlar jangi” filmi qahramonining libosida darsga kelgan o`quvchi tufayli maktab o`quvchilari evakuasiya qilindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea 4 may kuni Ashvabenon shahrida ro`y berdi. Ota-onalardan biri yuziga niqob va bronjilet kiygan, qo`lida sumka ko`targan noma`lum shaxsning maktabning orqa eshigidan kirganligi haqida polisiyaga qo`ng`iroq qildi.

Mahalliy polisiya vakillaridan birining aytishicha, mazkur ota polisiyaga xabar berib, to`g`ri qilgan, chunki o`quv muassasiga kirgan har qanday shubhali shaxs tekshirilishi lozim. Bundan tashqari okrugda jamoat joyida niqobda kelish taqiqlangan.

4 may kuni butun dunyoda “Yulduzlar jangi kuni”, deb e`lon qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar