AsosiyDunyo

​Bolalar yangi protez oyoq kiygan sinfdoshlarini iliq kutib olishdi (Video)

'​Bolalar yangi protez oyoq kiygan sinfdoshlarini iliq kutib olishdi (Video)'ning rasmi

Birmengemda yashovchi etti yoshli Anuning yangi protez oyoqda maktabga kelganini sinfdoshlari iliq kutib olgani aks etgan video barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga qattiq ta`sir qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Videoda Anuni sinfdoshlari o`rab olib, uning “yangi oyog`ini” tomosha qilganlari, o`g`il bolalardan biri “zo`r-u!” degani va birgalikda o`ynash uchun yugurib ketganlari aks etgan.

Anu tug`ilgandayoq oyog`i kesib olib tashlangan. U shu paytgacha boshqa protezda yurgan. Mazkur protezda yurish mumkin bo`lsa-da, yugurish, o`ynash va raqsga tushishning iloji bo`lmagan. Nashrning ma`lumot berishicha, Buyuk Britaniya sog`likni saqlash Milliy xizmati byudjeti joriy yilda bir yarim million funt ortiqcha mablag`ga ega bo`lib, Anuga o`xshagan nogiron bolalar zamonaviy protezlar bilan ta`minlandi.


Boshqa yangiliklar