1

​2016 yilda O`zbekistonda 11,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilindi

Jamiyat 06.05.2017, 10:10
Teglar: Dollar, O`zbekiston
​2016 yilda O`zbekistonda 11,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilindi

Poytaxtimizda «O`zbekiston Respublikasi eksport salohiyati: zarur sharoitlar va o`sish imkoniyatlari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O`zbekiston banklari assosiasiyasi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etildi, deb yozadi O`zA.

2016 yil mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan 11 milliard 100 million dollarlik mahsulot eksport qilingan, 877 korxona eksport faoliyatiga yangidan jalb etilgan. Eksport geografiyasini kengaytirish ustida olib borilayotgan izlanishlar natijasida o`tgan yili mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari Evropa, Osiyo va Afrika qit`alarida 60 yangi bozorga kirib borgan.

Xorij mamlakatlari bilan aloqalarning chuqurlashuvi mamlakatimiz eksport salohiyatining ortishida qulay sharoit sifatida baholanmoqda. Davlatimiz rahbarining 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi davomida imzolangan umumiy qiymati 16 milliard dollarga teng ellikdan ziyod kelishuv buning yorqin dalilidir.

Eksport salohiyatini oshirishda xorijiy sarmoyalarni, avvalo, to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish bo`yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu borada Navoiy, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar chet ellik investorlarning mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishga bo`lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlariga turli imtiyozlar, qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, bu hududlarda alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Tadbirkorlik sub`ektlarining muhandislik-telekommunikasiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishini osonlashtirish maqsadida EIZlar direksiyalarida «yagona darcha» tamoyili bo`yicha ruxsatnomalar berilishi yo`lga qo`yilayotir.

Mahalliy xomashyodan yuqori qo`shimcha qiymatga ega, xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda Prezidentimizning 2016 yil 26 dekabrdagi «2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori muhim dasturilamal bo`layotir. Unga ko`ra, 2019 yilgacha 1 ming 146 loyiha amalga oshirilishi hisobiga bugungi kunda talab yuqori bo`lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`zlashtirish ko`zda tutilgan.

Konferensiyada bank-moliya tizimi ekspertlari, oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari, ilmiy xodim-izlanuvchilar, amaliyotchi mutaxassislar ilmiy ma`ruzalar bilan qatnashdi.

Sharhlar

Dollar kursi ancha ko`tarildi

22.04.2024, 16:16

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 23 aprelda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi. AQSh dollari kursi 21,00 so`mga oshib, 12 711,00 so`m etib belgilandi.Evro kursi 12,22...
Dollarning rasmiy kursi biroz tushdi

19.04.2024, 16:31

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 20 aprelda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi. AQSh dollari kursi 7,00 so`mga tushib, 12 690,00 so`m etib belgilandi.Evro kursi 21,43...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1