Novosibirsk shahrida yashovchi ayol kichkina qizi telefon o`nayotganda xalaqit qilgani uchun uni jazolash maqsadida axlat konteyneriga tashlagan, deb xabar berdi 1tv.ru nashri.
Bolalar maydonchasida o`ynayotgan bolalar qizchaning axlat konteyneri ichida baqirib yig`laganini eshitib uning oldiga yugurib kelishdi. Ular mazkur voqeani videoga olib, Internetga joylashtirishdi. Bolalar qizchaning onasidan uni axlat qutidan chiqarishni iltimos qilishganiga qaramay, ayol bolalardan uning ishiga aralashmaslikni talab qildi. Oradan ma`lum vaqt o`tgach, u qizchani axlat konteyneridan chiqarib oldi. Mazkur videoni Tergov qo`mitasi o`rganmoqda. Huquqshunoslarning aytishicha, ayol mazkur noqonuniy hatti-harakati uchun vasiylik organi hisobiga olinadi. Agar ekspertiza ayolning bu harakati qizchaning ruhiyatiga salbiy ta`sir qilganini aniqlasa, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atiladi va ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.






