AsosiySalomatlik

​“Asabiylashsam qaltiray boshlayman, bu kasallikmi?”

'​“Asabiylashsam qaltiray boshlayman, bu kasallikmi?”'ning rasmi

– Ba`zi muammolarni deb, so`nggi paytlarda juda asabiyman. Garchan tinchlanishga harakat qilsamda, ich-ichimdan titrab ketaman. Ayniqsa qo`l-oyog`imda paydo bo`ladigan qaltirashdan qo`rqayapman, rosti. Bu biror kasallik emasmi? Ba`zan o`zimni nazorat qilishim qiyin kechadi...

Savol «SMS» orqali kelgan

Savolga olif toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi:

– Qo`l va oyoq uchida yuzaga keladigan titroq – tremor deb atalib, ruhiy, jismoniy va surunkali kasalliklar avj olishi tufayli kelib chiqadi. So`zlaringizga qaraganda, sizdagi tremor ko`rinishi kuchli his-xayajon bilan bog`liq. Shu zaylda davom etsa, titroq holati talvasa xurujiga aylanishi yoxud surunkali tus olishi mumkin. Xavfli jihati qo`l qaltirashi sezilar – sezilmas darajada saqlanib qolib, keyinchalik boshqa muammolarga etaklashi hech gap emas. Sizga maslahatim, nevrolog shifokor ko`rigidan o`tib, tinchlantiruvchi muolajalarni boshlang. Uy sharoitida iliq dush qabul qilish, yalpiz va limono`t solingan choy, parhezbop eguliklar tanovuliga diqqatli bo`ling. Har ehtimolga qarshi tibbiy tahlillar topshirish ham foydadan xoli bo`lmaydi. Og`ir jismoniy yuklamalarni kamaytiring, kun tartibingizni to`g`ri tashkillashtiring, imkonini qilolsangiz suzish mashg`ulotlariga boring, ancha tinchlanasiz.

Boshqa yangiliklar