AsosiyJamiyat

​6 may kuni O`zbekistonda yana er silkindi

'​6 may kuni O`zbekistonda yana er silkindi'ning rasmi

6 may kuni soat 12:15 da respublikamizning ayrim hududlarida yana zilzila qayd etildi.

“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma`lumotiga ko`ra, zilzila epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo`nalishida 318 km uzoqlikda Qirg`iziston Respublikasi hududiga to`g`ri keladi.

Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=5,0 ni tashkil etdi. Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Farg`onada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etdi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmadi.

Boshqa yangiliklar