Bugun "Kinemtografiyani rivojlantirish markazida “Arslon izidan” filmining jurnalistlar uchun yopiq namoyishi bo`lib o`tdi.
Ushbu film aktyor va xonanda Aziz Rametovning ilk rejissyorlik ishi bo`lib, unda bugungi kunning dolzarb muammolari giyohvandlik va odam savdosi haqida so`z yuritiladi. Filmni tomosha qila turib, bugungi kunda dunyoni larzaga solayotgan fojialarga yoshlarning nuqtai nazarini ko`rish mumkin.
O`rgimchak turidek tarmoq otgan giyohvand moddasi savdosi, uning ayanchli oqibatlari, ushbu biznesga aralashib qolganlarning achchiq qismati o`ziga xos tarzda namoyish etilgan.
Filmda professional yondashuv yaqqol ko`zga tashlanadi. Profesional operatorlik ishida ham, qaltis tryuklarni bajarishda (jang sahnalarida haqiqiy tryuklar bajarilgan, ayrim filmlarimizdagi kabi hindcha harakatlarni ko`rmaysiz) ham, film dinamikasidagi uzviylikda ham ko`rinib turadi.
Debyut ishi bulishiga qaramay Aziz Rametovning rejissyorlik faoliyatiga ham yuhori baho berish mumkin. Iqtidorli odam har tomonlama iqtidorli deb bejizga aytishmaydi, Aziz Rametov film rejissyorligidan tashqari bosh qahramonlarni ham ishonarli tarzda gavdalantira olgan.
Maishiy mavzudagi filmlardan charchaganlar uchun bu film ayni muddao buldi deyish mumkin. Kino ijodkorlarining aytishicha filmga sig`magan kadrlarni jamlab serial qilish mumkin. “Arslon izidan” filmi voqealari yurtimizdan tashqari, Turkiya, BAA, Rossiya xamda Qozogistonda bo`lib o`tadi. Film haqida faktlar.
Rejissyor: Aziz Rametov. Ssenariy muallifi: Ulug`bek Abdusamatov. Badiiy rahbar:Hilol Nasimov.
Filmni 12 may kuni katta ekranlarda namoyish etish ko`zda tutilgan.
Eslatib o`tamiz, filmga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova prodyuserlik qilgan.