9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus bo`limlaridan iborat jamoalar o`rtasida bir necha kun davomida xizmat uchkurashi bo`yicha viloyat chempionati bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida g`olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg`alari viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va o`zbekistonlik taniqli bokschi Ruslan Chagaev tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
Shundan so`ng viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbirda ishtirok etgan boks bo`yicha sobiq jahon chempioni, asli andijonlik Ruslan Chagaevga milliy to`n va do`ppi kiydirdi.
“Men mana shu yurtda unib-o`sib, muvaffaqiyatlarga erishganimdan doimo faxrlanaman. Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo ta`zimdaman”,—deydi Ruslan Chagaev.
Tadbir yakunida Ruslan Chagaevning yosh sportchilar hamda boks muxlislari bilan jonli suhbati bo`lib o`tdi.






