AQShning Konnektikut shtati polisiyasi amerikalik , 50 Cent sent taxallusi bilan ijod qiluvchi mashhur repper Jeyms Jeksonning uyiga o`g`rilikka tushgan jinoyatchini qo`lga oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Farmington shahar (Konnektikut shtati) shahar polisiyasi musiqachining uyiga o`g`rilikka tushgan jinoyatchini ashyoviy dalil bilan qo`lga oldi. Muqaddam bir necha marotaba sudlangan jinoyatchi qamoqqa olinib, o`g`rilik bo`yicha ayblov qo`yildi.
Musiqachining uyidagi qo`riqchi uyga o`g`ri tushganini ko`rib, unga qarshilik ko`rsatmay, polisiyaga qo`ng`iroq qildi. O`g`rilik yuz berganda repper shaharda bo`lmagan. Reper 50 Cent mazkur hashamatli uyni 2003 yilda professionel bokschi Mayk Taysondan 4 million dollarga sotib olgan edi. Hozirda u uyni sotuvga qo`ygan.
Konnektikut shtati sudi fevral oyida reperni inqirozga uchraganlik haqidagi ishini to`xtatgan edi. Musiqachi 2015 yilning iyul oyida o`zini inqirozga uchraganligini, uning mablag`i 20 million dollarligini, qarzlari esa 36 milliondan oshib ketganligini ma`lum qilgandi. Voqeadan ikki oy ilgari Forbes jurnali reperning boyligini 155 million dollar deb e`lon qilib, eng boy ijrochilar ro`yxatining to`rtinchi o`rnidan joy bergan edi. Aksariyat OAVlar reper 5 million dollar to`lamaslik maqsadida o`zini inqirozga uchragan, deb e`lon qilgan, deya taxmin qilmoqda. Reper birovning shaxsiy hayotiga oid videoni Internetga joylashtirgani uchun sud 5 million dollar tovon puli to`lash uchun hukm chiqargan edi.






