AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovonidan og`ir yuk mashinalarining o`tishiga cheklov joriy etiladi

'“Qamchiq” dovonidan og`ir yuk mashinalarining o`tishiga cheklov joriy etiladi'ning rasmi

2017 yilning 1 iyulidan boshlab A-373 «Toshkent-O`sh» avtomobil yo`lining Qamchiq dovonidan o`tgan qismida harakatlanayotgan yuk avtotransportlarining - o`qqa tushadigan yuklamasi 11,5 tonnadan ortiq bo`lganlariga ruxsat berilmaydi. Bu haqda Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunday avtotransport vositalari tomonidan tashib kelingan asosiy yuklar “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan, Qamchiq dovoni orqali o`tgan “Angren-Pop” temir yo`li orqali tashiladi.

Mazkur qoida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 apreldagi “Qamchiq dovoni orqali o`tgan A-373 avtomobil yo`lidan samarali foydalanish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida joriy qilinadi.

Qarorda shuningdek, 2017 yilning 1 iyuliga qadar A-373 avtomobil yo`lining - Toshkent viloyatidan o`tgan 185 kilometridagi “Chinor” hamda Namangan viloyati hududidagi 273 kilomtrida joylashgan “Sherobod” postlaridayuqori texnologiyalar bilan ta`minlangan nazorat punktlarini qurish, punktlardagi zamonaviy uskunalar yordamida yuk avtomobillarining og`irlik va hajmiy ko`rsatkichlarini, qolaversa, ularning o`qqa tushadigan og`irlik yuklamalarini aniqlashni yo`lga qo`yish belgilab berilgan.

Eslatib o`tamiz, yuqoridagi bunday cheklovlar:

– vakolatli organlarning maxsus ruxsatnomalari orqali tashilayotgan katta hajmdagi va og`ir yuklarga, shuningdek,

– “Qamchiq” dovonidagi yo`l-transport infrazulilmasi ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta`mirlash va saqlash ishlari uchun jalb etilgan texnikalarga nisbatan joriy etilmaydi.

Bugungi kunda nazorat punktlarini qurish jarayonlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar