AsosiyDunyo

​Hindistonda to`y azaga aylandi

'​Hindistonda to`y azaga aylandi'ning rasmi

Hindistonning Rajastxon shtatida nikoh to`yi nishonlanayotgan paytda devor qulashi oqibatida 23 kishi halok bo`ldi, 28 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea chorshanba kuni kechqurun Bxaratpur tumanida yuz berdi. Devorning qulashiga kuchli dovul sabab bo`ldi. To`yga tashrif buyurgan mehmonlarning aksariyat qismi vayronalar ostida qoldi.

“Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 23 kishi, shu jumladan 11 nafar erkak, 8 nafar ayol va 4 nafar bola halok bo`lgan, 28 kishi tan jarohati olgan. Aksariyat mehmonlar binodan chiqolmay qolgan. Dovul oqibatida elektr chiroqlari ham o`chib qolgan. Ayni paytda qutqaruv ishlari ketmoqda”, deb ma`lumot berdi mahalliy polisiya vakili Alok Vashisht. Yaralanganlar kasalxonaga yotqizilgan, jabrlanganlarning ahvoli o`rganilmoqda.

Boshqa yangiliklar