AsosiyJamiyat

​Zayd Raad al-Husayn O`zbekistonga kelganidan mamnunligini izhor qildi

'​Zayd Raad al-Husayn O`zbekistonga kelganidan mamnunligini izhor qildi'ning rasmi

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq qonun ustuvorligini mustahkamlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda, deb yozadi O`zA.

O`zbekiston bilan BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi o`rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi delegasiyasi mamlakatimizga tashrif buyurgani tomonlar o`zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanining ifodasidir.

BMTning Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn dastlabki uchrashuvlar haqida o`z fikrlarini bayon etdi:

– Toshkentga kelganimdan juda xursandman. Bu BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissarining O`zbekistonga birinchi tashrifi ekanini alohida ta`kidlamoqchiman.

Delegasiyamiz O`zbekistonning qator vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o`tkazdi. Muzokaralar qiziqarli va samarali bo`ldi. Ko`plab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuv men uchun katta sharaf bo`ldi. Suhbat konstruktiv ruhda o`tdi va juda samarali bo`ldi.

Boshqa yangiliklar