Rossiyada odamning ismi-sharifi, tug`ilgan va vafot etgan yili yordamida qaerga dafn etilganligini aniqlovchi elektron xarita yaratildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
“Biz bazani faqatgina odamning qaerga dafn etilgani haqidagi ma`lumotlar bilan emas, balki rasmi bilan birga aniq yo`nalishini topish imkoniyatini yaratishga harakat qildik. Mazkur saytda oddiy qabristonlar, me`moriy yodgorliklar va harbiy askarlar dafn etilgan qadimiy qabrlar haqida ma`lumotlar berilgan. Barcha ma`lumotlarni bir necha oylar davomida qo`l bilan tekshirdik va Sankt-Peterburg, Leningrad viloyatidagi barcha qabristonlarni ro`yxatga kiritdik”, dedi mazkur loyiha bilan shug`ullangan “RusKladbisha” kompaniyasi bosh direktori Maksim Loganov
Roskomnadzor kompaniyaga shaxsiy ma`lumotlardan foydalanishga ruxsat berdi. Saytda barcha vafot etgan odamlar haqida hozircha to`liq ma`lumot olish mumkin emas. Biror odam qidirilayotganda uning ismi-sharifi, tug`ilgan yili va vafot etgan yilining sanasi ko`rsatilishi lozim. Shunda xaritada uning dafn etilgan joyi paydo bo`ladi.