Rejissyor Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2” filmi ilk namoyishgacha bo`lgan davrda tomoshabinlar qiziqishiga sabab bo`ldi. Va nihoyat mazkur filmning taqdimoti bo`lib o`tdi. Tomoshabinlar bugun, 11 maydan e`tiboran mazkur kartinani poytaxt kinoteatrlarida tomosha qilishlari mumkin.
Kinofilmda bosh rollarni Azamat Ahrorov, Sug`diyona Azimova, Saida Rametova, Luiza Rasulova, Muhammadiso Abdulhayirovlar ijro etgan.